» » Farg‘onada 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga “Yoshlar innovatsion markazi” ochildi

Farg‘onada 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga “Yoshlar innovatsion markazi” ochildi


Farg‘ona shahrida qurilishi uchun 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan “Yoshlar innovatsion markazi” foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Bir kunda mazkur markaz xizmatlaridan 500 nafar yoshlar foydalanishi mumkin. Markaz binosida yoshlar qabulxonasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, “Yosh tadbirkor” konsultativ markazi, yoshlar bandligiga ko‘maklashish byurosi, yoshlar turizm agentligi, yoshlarga tibbiy va psixologik xizmat ko‘rsatish markazi, “Yosh oila” innovatsion markazi, kutubxona, yuridik klinika, IT akademiya hamda Book cafe joylashgan.

Markaz yoshlarni tadbirkorlik, kitobxonlik, axborot texnologiyalariga qiziqtirish, ularga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ish olib boradi. Markazda barcha xizmatlar bepul taqdim etiladi.

Innovatsion markazda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn muloqotlar, seminar-treninglar, ilmiy-texnik yo‘nalishdagi tanlovlar o‘tkaziladi. Markaz foydalanishga topshirilishi bilan 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют