» » Toshkentda 100 million so‘mni talon-toroj qilgan sobiq bog‘cha mudiriga yana bir imkon berildi

Toshkentda 100 million so‘mni talon-toroj qilgan sobiq bog‘cha mudiriga yana bir imkon berildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 16-aprel kuni 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkum T.T.ning jinoyat ishi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

T.T. 1972-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti oliy, oilali, 1 nafar farzandi bor. Shayxontohur tumanidagi 226-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimida ishlagan.

Sudlanuvchi T.T. 2017-yolda badal to‘lovlaridan 123,832,5 ming so‘mdan 48,466,2 ming so‘m naqd pul mablag‘larni hamda 2018-yilning yanvar-sentabrda 121,595,7 ming so‘m badal to‘lovlaridan 46,478,1 ming so‘m naqd pul mablag‘larni qabul qilib olib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan. U yetkazilgan 96,029,300 so‘m zarardan 40,573,200 so‘mini qoplagan.

Qilmishlari uchun T.T Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 2019-yil 27-fevraldagi hukmiga ko‘ra O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a,g” bandlari bilan 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni maktabgacha ta’lim sohasida mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Sudya Sardor Sodiqov raisligida 2019-yil 27-fevraldagi chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya shikoyatga asosan jinoyat ishini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqildi.

Sud ajrimiga ko‘ra T.T.ga tayinlargan jazolari o‘zgarishsiz qoldirildi. Tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 1 yil sinov muddati belgilandi. Qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, darhol sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Bunda T.T.ga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan berilgan kafillik xati va 50,573,200 so‘m to‘langanligi inobatga olindi.

Ma’lumot uchun, T.T. muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 2013-yil 20-noyabrdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi 1-qismi bilan eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida, ya’ni 3,979,500 so‘m jarima jazosiga sudlanib, 2013-yil 12-dekabrdagi amnistiya aktining 6-bandiga asosan jazodan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют