» » O‘zbekistonda bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etiladi


Hukumat qarori (321-son, 17.04.2019-y.) bilan Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasi tashkil etildi hamda Jamg‘arma nizomi tasdiqlandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Jamg‘arma ta’lim muassasalarida uning rahbari buyrug‘i bilan tashkil etilishi mumkin.

Ta’lim muassasalarida Jamg‘armani tashkil etish majburiy emas.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:

— zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni xarid qilish;

— iqtidorli o‘quvchi va talabalarni shuningdek, kam ta’minlangan oila farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va mukofotlash;

— professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni rag‘batlantirish va boshqalar.

Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida e’lon qilib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют