» » KXDR yangi qurolni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

KXDR yangi qurolni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi


Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taktik boshqariluvchi yangi qurolni sinovdan o‘tkazilishiga rahbarlik qildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Qayd etilishicha, yangi qurol kuchli bosh jangovar qurol bo‘lishi mo‘ljallangan. Qurol yaqinda sinovdan o‘tkazilgan, lekin aynan qanday qurol haqida gap ketayotgani aniqlashtirilmagan.

Faqatgina Kim Chen In sinovning juda muhim hodisa ekanligini qayd etgani keltirib o‘tilgan.

“Taktik boshqariluvchi yangi qurolning kuchini kuzatgan Kim Chen In mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida yana bir katta ishni amalga oshirgan milliy mudofaa sohasidagi ishchilar va olimlar rolini ta’kidlab o‘tdi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, KXDR rahbari mamlakatda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ta’minlash va milliy mudofaa ilm-fani va texnologiyasini ilg‘or darajaga olib chiqish borasida bosqichma-bosqich va strategik maqsadlarni qo‘ygan.

Oq Uy va Pentagon bu haqda xabardor ekanligini bildirgan, lekin bunga batafsil izoh berishdan bosh tortgan.

Xabarda aytilishicha, AQShda Pxenyanda qanday qurol sinovdan o‘tkazilgani haqida ma’lumot yo‘q. Shimoliy Koreya bo‘yicha Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq mutaxassisi Bryus Klingner bu o‘rta va uzoq masofaga uchadigan raketa emasligini, ular uchrilganda Vashington buni osonlik bilan qayd etishi, lekin bunday holat kuzatilmaganini aytib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют