» » YChL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum qildi

YChL. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum qildi


Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinlaridan so‘ng haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UEFAning Twitter’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Ta’kidlash joiz, “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligt “Yuventus” darvozasiga g‘alaba golini kiritdi (2:1). “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan o‘yinda dublga erishdi (3:0). “Tottenhem”ning koreyalik hujumchisi Son Hyon Minning esa “Manchester Siti” bilan kechgan bahsdagi dubli “shporlar”ni yarim finalga olib chiqdi. Bundan tashqari “Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino “Portu” bilan bo‘lib o‘tgan bahsda bitta golga mualliflik qildi (4:1).

G‘olib UEFAning rasmiy saytida muxlislarning ovoz berishi orqali ma’lum bo‘ladi. Ovoz berish 19-aprel, juma kuni yakuniga yetadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют