» » Maktabgacha ta’lim vazirligi yo‘llanma berish jarayonida noqonuniy holatlarni fosh etmoqchi

Maktabgacha ta’lim vazirligi yo‘llanma berish jarayonida noqonuniy holatlarni fosh etmoqchi


“Adliya axboroti” brifingida Adliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilishi aytildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Sirli mijoz” tadbiri Adliya vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma ko‘rsatmaga asosan tashkil etiladi. Davlat xizmatlari markazlari orqali maktabgacha ta’lim muassasasiga yo‘llanma berish jarayonini o‘rganadigan “sirli mijoz” tadbirlari muntazam o‘tkazib boriladi.

Tadbirda oldindan kelishilgan shaxs go‘yoki “mijoz” bo‘lib bog‘chaga kirib boradi va ushbu jarayonda noqonuniy holatlarni fosh etadi.

Shuningdek, qo‘shma ko‘rsatmada bog‘chalarning sanitariya qoidalari va normativlarga muvofiqligi, xodimlarning intizomi, tushumlarni maqsadli yo‘naltirilganligini o‘rganish kabi tadbirlar ham o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Korrupsiyani oldini olish va xodimlar mas’uliyatini oshirishga yordamlashuvchi ishchi guruh shakllantirish belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют