» » O‘zbekistonda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” tizimi joriy etiladi


O‘zbekistonda “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

“Davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;

“davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste’mol qilishga undovchi usullarni qo‘llash taqiqlanadi;

“davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;

ma’lumotlarni yig‘ish uchun haqiqiy “mijoz” ko‘rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar (“sirli mijozlar”)dan foydalaniladi;

“sirli mijoz” tomonidan monitoring nafaqat bevosita ob’ektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;

“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari shaxsiy bo‘lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;

“davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi va tavsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют