» » Janubiy Koreyada o‘qish tizimi: O‘ziga xoslik va jalb etuvchi xususiyatlar

Janubiy Koreyada o‘qish tizimi: O‘ziga xoslik va jalb etuvchi xususiyatlar


Pearson Group kompaniyasi mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, Janubiy Koreya ta’lim tizimi dunyoda yetakchilardan biri deya tan olingan.

O‘zaro hamkorlik an’analarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Janubiy Koreyaning fuqarosi hisoblangan janob Li, O‘zbekistonda GO TO KOREA STUDY’sini tashkil etdi.

U kishining ana shuday sa’y-harakatlari natijasi, O‘zbekistonda ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan kompaniyaning loyihasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

— Janob Li Cang Shik O‘zbekistonda ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan kompaniya va uning keng miqyosda faoliyat olib borishida sizning xizmatingiz nechog‘lik o‘rin egallaydi?

— Mening uzoq yillik tajribam, qolaversa professional imkoniyatlarim bu ishga yanada e’tiborliroq yondoshishga undadi. Yoshlar bilan ishlashni xush ko‘raman, ular orqali men yurtingizning kelajagini ko‘rmoqdaman. Xuddi shu jihat esa meni bu ishda yanada faolroq bo‘lishga undash barobarida, ularga bugungi kun talabi asosida ta’lim berishni burchim deb bildim.

KoreaStudy’si har bitta bosqichda yoshlarni – bu deylik o‘qishga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar bo‘lsin, viza masalasi bo‘lsin amaliy jihatdan qullab quvvatlaydi. Biz shunday universitetlar sirasiga kiramizki, bakalavriat yoki til o‘rganish kurslari uchun elchixonada suhbat o‘tkazmasdan ham TELEX vizasi beriladi.

Shuningdek, biz yashash uchun sharoitlar haqida bosh qotiramiz, talabalarni aeroportda kutib olamiz va ularning bu yerda moslashishiga yordam beramiz.

Shaxsan o‘zim Janubiy Koreyada tahsil olayotgan talabalar bilan doimo aloqadaman. Demak shunday ekan ota-onalar bizga bemalol ishonishi va farzandlaridan bexavotir bo‘lishi mumkin.

Janob Li siz, sizning tashkilotingiz O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam bera oladimi?

— Ha, albatta, shubhasiz. Janubiy Koreyaga bakalavriat va magistraturaga kirish uchun xorijiy fuqarolar IELTS yoki TOPIC sertifikatlariga ega bo‘lishlari kerak. Talabalarimizga qo‘lay bo‘lishi uchun biz Toshkentda koreys va ingliz tillarini o‘rgatadigan markaz ochdik. Shuni ham ta’kidlashni istardimki, Janubiy Koreya universtitetlarining til kurslariga kirish uchun til bilish talab qilinmaydi.

Sizning loyihangiz orqali yoshlar Janubiy Koreyaning qaysi oliy ta’lim muassalariga kirishlari mumkin?

— KoreaStudy doimo universitetlar ruyxatini takomillashtirib borar ekan, dasturlarni tanlash imkoniyati katta. Biz University of Seoul kabi yirik shaharlardagi, o‘qish uchun narxi ham qo‘lay bo‘lgan oliy ta’lim muassalariga alohida e’tibor qaratamiz. Yana bir xususiyatli tomoni xohlovchilar uchun bu yil MOKPO National Maritime university dengiz universitetining eshiklari ochiq.

O‘qishni tugallaganidan so‘ng, universitetning o‘zi ishga joylashishga yordam berishi mumkin.

Ayrim universitetlar kechki o‘qishlarni taklif qiladi, bu esa talabalarda sayohat va o‘z ustida ishlash uchun keng imkoniyat yaratadi.

Janubiy Koreya — bu xavfsiz, texnologik va industrial rivojlangan mamlakat, bu yerda O‘zbekistonlik talabalar ilg‘or tajribalarni o‘rganib, so‘ngra o‘z vataniga kelib amaliyotda qullash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

— Janubiy Koreyaning umumiy ta’lim tizimi jahonda eng samarador modellardan bir sifatida tan olingan. Bu haqda qisqacha gapirib bera olasizmi?

— Janubiy Koreyada talabalarga bilim berish va uni baholash uslublari boshqalarnikidan ancha farq qiladi. Tahsil oluvchilar ma’ruza jarayonlariga o‘zlari tayyorlanadi va o‘zlari o‘qiydi. O‘qituvchilar uni faqat boshqarib turadi, ustozlar uchun davomat, ma’ruza, konspektlar unchalik muhim emas. Eng asosiysi, ular uchun olgan bilimlarni amalda sifatli qullay olishga bo‘lgan ishonch muhim.

Yuksak bilim cho‘qqilarni egallashni niyat qilgan O‘zbekistonlik yigit-qizlarga nimalarni tilagan bo‘lardingiz?

— Har biriga yuksak parvoz, maqsad sari tolmay intilishni albatta mehnatsevarlikni tilab qolaman. Ana shu xislatlar har birida jam bo‘lsagina, yuqori natijalarga erishadilarki, hali O‘zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Bizning manzil: Tashkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi, 13-uy;

Mo‘ljal: Bobur bog‘i.

Telefonlar: (99) 495 99 88; (99) 883 99 88;  (99) 482 99 88

Sayt

E-mail: info@koreastudy.uz

Facebook: fb.com/koreastudyuz

Instagram: @korea_studyuz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют