» » Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya—O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya—O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni ikki mamlakat iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakchi ishbilarmonlari ishtirokidagi Janubiy Koreya—O‘zbekiston biznes-forumida qatnashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chjэ Inning forum ishtirokchilariga qutlovi o‘qib eshittirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgani, O‘zbekistonda biznes yuritish uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi. Janubiy Koreya biznes vakillari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Janubiy koreyalik moliya va ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonda faol biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi     7 milliard dollaridan oshdi. O‘zbekistonda mazkur mamlakat kapitali ishtirokida 461 korxona foaliyat yurtitmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют