» » Izboskanda militsiya xodimi xizmat mashinasida velosipedchini urib yubordi

Izboskanda militsiya xodimi xizmat mashinasida velosipedchini urib yubordi


Andijon viloyatining Izboskan tumanida ichki ishlar xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 1 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

YTH 15-aprel kuni soat 23:00 larda Izboskan tumani Oq oltin mahallasi hududidan o‘tuvchi Poytug‘—Kuyganyor avtomobil yo‘lining 3-kilometrida sodir bo‘lgan. Andijon tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi tezkor vakili, katta leytenant A.A. xizmat vaqtida hushyor holatda o‘ziga biriktirilgan davlat belgisi 60 429 VSF bo‘lgan Damas avtomashinasini boshqarib ketayotganda yo‘lning qatnov qismida yotgan velosipedchini urib yuborgan. 29 yoshli ichki ishlar xodimi sodir etgan YTH oqibatida D.Sh. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan birinchi yordamga qaramasdan 3 bolaning otasi hisoblangan 43 yoshli D.Sh. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 266-modda 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi ochilgan. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют