» » Xorazmda imom-xatib muhtoj oilaga o‘z hisobidan 5 xonali uy qurib berdi

Xorazmda imom-xatib muhtoj oilaga o‘z hisobidan 5 xonali uy qurib berdi


Xorazm viloyati Gurlan tumani bosh imomi, “Qora Alam Bobo” jome masjidi imom-xatibi Mahmudjon Habibullayev Gurlan tumani Fidokor mahallasida yashovchi Qutlimuratovlar oilasiga o‘z hisobidan yangi uy qurib berdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi xabar bermoqda.

Mazkur oila hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan biri bo‘lib, yashab turgan xonadoni nochor holatda, uyning shifti, pollari yaroqsiz ahvolda edi. Uning ustiga, gaz, elektr tokidan katta miqdordagi qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qo‘yilgan edi. Imom-xatib eski uyning yonidan alohida binoda 5 xonalik yangi uy qurib bergan, kommunal to‘lovlardan ham qarzlarini to‘lab bergan.

Aslida bu xabar, mazkur xonadon sohibi, uch farzandning otasi Umrbek Qutlimurodovning Diniy idoraga Mahmudjon Habibullayev nomiga yozilgan Tashakkurnoma xatidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Tashakkurnoma xatida: “Bosh imom Mahmudjon aka bizlarni zax, ko‘rimsiz joydan xalos qilib, o‘z hisobidan besh xonali zamonaviy tartibda uy solib berdi. Biz farzandlarimiz bilan har kuni ertalab qo‘limizni duoga ochib, u kishining uzoq umr ko‘rishini, qilayotgan xayrli va savobli ishlari Qodir Alloh huzurida o‘zlariga soyabon bo‘lishini istab qolamiz”, deya mamnuniyat so‘zlari bitilgan.

Bu masala bo‘yicha O‘MI bo‘limi imom domla bilan bog‘langanida kamtarlik bilan: “Ha, o‘tgan yili qish oylarida xonadonning og‘ir sharoitini ko‘rib, Alloh qodir qilsa, shu oilaga yangi uy qurib berishni niyat qilgan edik, yozga chiqib, shu ish nasib bo‘ldi va tez fursatda uy ham bitdi”, — dedi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют