» » Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar


Ikkinchi Jahon urushi yillarida yuksak jasorat ko‘rsatib, mardlarcha halok bo‘lgan 101 nafar o‘zbek haqida arxiv hujjatlaridan shu paytgacha oshkor etilmagan  ma’lumotlar ommaga e’lon qilindi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Bir yuz bir nafar o‘zbek — Gollandiyaning Amersfort shahridagi konslagerda jahannam azobini tortib, ko‘rsatgan qahramonliklari tufayli Gitlerning o‘ta mudhish rejasini barbod etganganliklari hamda fashistlarga jahon tarixini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaganliklaridan bexabar halok bo‘lgan.

Aprel oyining boshida “O‘zbekkino” agentligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ko‘magida “101” otryaddan bo‘lgan qahramon o‘zbekistonliklar otuvga hukm qilingan sanaga bag‘ishlangan “Toshkent—Amsterdam teleko‘prigi” o‘tkazildi.

Uzoq yillar davomida nemis fashistlari 101 nafar o‘zbek jangchilarini gollandiyaliklarga nemis armiyasi kim bilan urush qilayotgani, qizil armiya askarlari aslida kimligini ko‘rsatish maqsadida Amersfort shahridagi konslagerga olib kelgani haqida aytilar edi.

2017—2018-yillarda “O‘zbekkino” milliy agentligi va BЕNILYUKS (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburgni o‘z ichiga olgan G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy, siyosiy ba bojxona ittifoqi) mamlakatlaridagi O‘zbekiston elchixonasi qo‘llab-quvvatlashi tufayli yozuvchilar — Anvar Irgashev va Yuliya Medvedkovskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida yangi noyob ma’lumotlarga ega bo‘lindi.

Ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek askarlari fashist Germaniyasining “propaganda mashinasi” qurboni bo‘lgan va o‘ta muhim hamda maxfiy aksiya uchun atayin saralab olingan. Adolf  Gitlerning shaxsan o‘zi Reyx vaziri Gebbels va reyxfyurer Gimmler boshchiligidagi idoralarga Qizil armiya askarlari haqida propaganda ruhidagi film yaratishni buyurgan. Kartinada askarlar inson qadr-qimmatidan mahrum, notavon va qoloq mavjudotlar sifatida jonlanishi kerak edi.

Bularning barchasi nemis askarlarining “tushib borayotgan ruhi”ni Ikkinchi jahon urushining eng muhim jangi — Moskva uchun jang oldidan ko‘tarish uchun kerak edi.

Ushbu filmning yaratilishi fyurer tomonidan ustuvor vazifa etib e’lon qilingan. Film 1941-yil noyabr oyida ekranlarga chiqishi kutilayotgan edi. Suratga olish guruhiga reyxning eng yaxshi kinematografchilari jalb qilingan. Bir yuz bir nafar o‘zbek o‘g‘lonlari asir saqlanayotgan Amersfort konslagerida esa film uchun “material tayyorlanishi” lozim edi.

Aftidan hammasi reja asosida ketayotgan va shu bois Gebbels Gimmler bilan birga fyurerga operatsiya “muvaffaqiyatli o‘tkazilgani” haqida bayon berishi arafasida kutilmaganda rejalar barbod bo‘ladi. Amersfort konslagerida asir o‘zbeklar tomonidan ko‘rsatilgan mardonavorlik, qat’iy intizom va milliy madaniyat Gitler rejalari amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Fashist askarlari mafkuraviy yordamdan mahrum bo‘ladi, Moskva uchun jang oldidan ularning ruhi ko‘tarilmaydi. Ular bu jangni nafaqat boy bergan, balki bu yerda bir millionga yaqin askar va ofitserlarini yo‘qotgan. Fashist Germaniyasi g‘alaba qozongan taqdirda insoniyat tarixi mutlaqo boshqacha kechgan bo‘lar edi, dunyo xalqlarini ommaviy qullik va xalqlarning yo‘q qilinishi kutar edi.

1942-yilning 9-aprel sanasida “101” otryadning qahramon o‘zbek jangchilari Amersfort konslageri yaqinidagi o‘rmonzorda otib tashlangan. Otuv hukmi “mutlaqo maxfiy” grifi ostida o‘tkazilgan. Unda faqatgina konslager ofitserlari ishtirok etgan. O‘qqa tutilishini bilgan qahramon o‘zbeklar oliy jazo amalga oshirilishi belgilangan joyga boshlarini baland ko‘targan holda, sinmagan ruh bilan Vatan haqidagi qo‘shiqni baralla kuylab borgan.

“Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga jonlarini fido qilgan holda bebaho hissa qo‘shgan 101 o‘zbek qahramonlarining bu jasorati butun dunyo insonlari xotirasida mangu yashaydi”, — deyiladi “O‘zbekkino” milliy agentligi maqolasida.

Ikkinchi jahon urushi davomida fashizmga qarshi kurashda qatnashgan o‘zbekistonliklar nomlarini abadiylashtirish, yosh avlodni ota-bobolari ko‘rsatgan jasoratlar namunasida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yilda qabul qilingan farmoni asosida bir qator chora-tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют