» » Xosep Gvardiola va “Manchester Siti” Chempionlar ligasida to‘xtadi. Angliyadan faqat “Lester” qoldi

Xosep Gvardiola va “Manchester Siti” Chempionlar ligasida to‘xtadi. Angliyadan faqat “Lester” qoldi


Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtirokiga yakun yasadi. “Monako” maydoniga tashrif buyurgan Xosep Gvardiola jamoasi 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tomonlarning Manchesterda kechgan o‘yinida mezbonlar 5:3 hisobida zafar quchgandi. Ikki o‘yinda urilgan gollar sonida tenglik — 6:6. Biroq monakoliklar safarda urilgan gollar ko‘rsatkichi bo‘yicha chorak finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa Chempionlar ligasida Ispaniyadan 3 ta, Germaniyadan 2 ta, Angliya, Italiya va Fransiyadan 1 tadan klub qoldi. 17-mart kuni musobaqaning chorak final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
15-mart, chorshanba

Gollar: Kilian Mbappe-Lottin, 8 (1:0). Fabino, 29 (2:0). Leroy Sane, 71 (2:1). Tyemua Bakayoko, 77 (3:1).

Опубликовано: admin (16-03-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют