» » O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi oshdi

O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi oshdi


Joriy yilning yanvar-mart oyida import hajmi 5,2 millard dollarga (o‘sish sur’ati 32,9%) teng bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,5%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,0%) hamda qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (7,7%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

Yanvar-mart oyida 106,4 million dollarlik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018-yilning shu davriga nisbatan deyarli 2,2 barobar ko‘pdir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 131,4 million dollarni tashkil etdi.

Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (689,6 million dollar), Koreya (473,4 million), Rossiya (185,2 million dollar), Turkiya (148,9 million dollar) va Belarusdan (84,3 million) import qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют