» » Britaniyada Yevropa Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tadi

Britaniyada Yevropa Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tadi


Yevropa davlatlari o‘rtasidagi Qur’oni karim musobaqasi Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda IQNA nashriga tayanib O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa tashkilotchisi Yevropa Qur’on vaqfi hisoblanadi. Musobaqa erkak va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqa shartlari va ishtirokchilar yoshlari quyidagi tartibda belgilangan:

— 30 yoshgacha bo‘lganlar Qur’oni karimni to‘liq yod olgan holda;

— 25 yoshgacha bo‘lganlar 15 pora;

— 15 yoshgacha bo‘lganlar 3 pora (Mujodala surasidan Nos surasigacha) bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.

Musobaqaga Yevropaning barcha davlatlaridan Qur’on hofizlari taklif etilgan. Tashkilotchilarning aytishlaricha, tadbirni tashkil etishdan maqsad — Yevropa qit’asidagi musulmon jamoalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatni oshirish va boshqa ezgu maqsadlar iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют