» » Son Hyon Min Chempionlar Ligasida o‘zbekistonlik futbolchining rekordi yangiladi

Son Hyon Min Chempionlar Ligasida o‘zbekistonlik futbolchining rekordi yangiladi


17-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining javob o‘yinida “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min “Manchester Siti” darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi (3:4).

Gracenote Live’ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu orqali u musobaqa tarixidagi eng sermahsul osiyolik futbolchiga aylandi. Uning gollari soni 12 taga yetib, Kiyevning “Dinamo” klubida to‘p surgan o‘zbekistonlik Maksim Shatskix (11 ta) rekordini yangiladi.

Ma’lumot uchun, “Tottenhem” Chempionlar Ligasi yarim finalida “Ayaks” bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Bu mavsumda Son “Tottenhem” tarkibida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

Yevropa Chempionlar Ligasida esa 10 ta o‘yinda 4 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют