» » 21 daqiqada 5 ta gol. “Manchester Siti” va “Tottenhem” Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi

21 daqiqada 5 ta gol. “Manchester Siti” va “Tottenhem” Chempionlar Ligasi rekordini o‘rnatdi


17-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining javob o‘yinida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenhem”ni qabul qildi (3:2).

Uchrashuvning 21-daqiqasiga qadar “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterling hamda “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min dublga erishgan bo‘lsa, “mankunianlar” a’zosi Bernardu Silva ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

MisterChip’ning xabar berishicha, 21 daqiqa ichida 5 ta gol urilishi musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Mazkur ko‘rsatkichda rekord 2016-yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda “Borussiya Dortmund”—“Legiya” uchrashuvida 24 daqiqada 5 ta gol urilgandi (3:2).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют