» » Qozog‘istondagi sohilga ilonlar hujum qilmoqda (video)

Qozog‘istondagi sohilga ilonlar hujum qilmoqda (video)


Kunlar isiy boshlashi bilan Qozog‘istonning Aktau (Oq tog‘) sohiliga ilonlar hujum qila boshladi. Bu haqda Sputnik xabar qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, ilonlar sohilda kunlar isiy boshlagandan so‘ng ko‘paygan. Ularning odatdagidan ko‘p sonli ekanligi mahalliy aholini qo‘rquvga solmoqda. Ilonlar sohildagi turli joylarda ko‘rinish berib, dam oluvchilarga xalaqit bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozirda ko‘pchilik dam olish va sayr qilish joylariga bormaslikni afzal ko‘rmoqda.

Mutaxassislar Aktaudagi ilonlar zaharlimi? degan savolga javob berdi. Ular, sudralib yuruvchilar sinfiga mansub bu jonzotlar inson hayoti va sog‘ligiga hech qanday xavf tug‘dirmasligiga ishontirmoqda. Suv iloni inson uchun xavfsiz va zaharli emas.

Shuningdek, mutaxassislar ta’kidiga ko‘ra, sudralib yuruvchilarning ko‘payish mavsumi boshlangan, shuning uchun ular tuxum qo‘yish uchun qirg‘oqqa chiqqan.

Qozog‘istonning Aktau shahri Kaspiy dengizi sohilida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 07:28)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют