» » Sirdaryoda qutqaruvchilar ilon qidirib, uyning atrofida belkurak bilan ishladi. Lekin ilon topilmadi

Sirdaryoda qutqaruvchilar ilon qidirib, uyning atrofida belkurak bilan ishladi. Lekin ilon topilmadi


Sirdaryoda qutqaruvchilar so‘rov bo‘yicha borib, ilonlarni aniqlashga urindi, ammo qidiruv muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

30-mart kuni soat 12:15 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi-dispetcherlik xizmati 1050 tezkor raqamiga Guliston shahri 4-mavze shirkatining raisi Abdug‘ani Shodmonov qo‘ng‘iroq qilib, 3-uyning yerto‘lasida ilonlar borligi va ular aholi sog‘ligiga xavf solishi mumkinligini aytib yordam so‘radi.

Yordam ko‘rsatish maqsadida boshqarma mas’ul navbatchisi Sh. Sarkayev boshchiligida uch nafar qutqaruvchi tez orada belgilangan manzilga yetib bordi. Voqea joyidagi vaziyat o‘rganilganda 3-uyda yashovchi fuqarolar yerto‘la tagiga bir nechta zaharli ilonlar kirib ketganligi to‘g‘risida guvohlik berdi. Qutqaruvchilar yerto‘la ichi va atrofini qirganida ilonlarni topishning imkoni bo‘lmadi.

Ilonlar topilmaganiga qaramasdan, FVB mas’ul navbatchisi Sh. Sarkayev vaziyatni to‘g‘ri baholadi va yuzaga kelgan holatni to‘la bartaraf etish uchun Guliston shahar DSENM xodimlarini jalb qildi. DSENM xodimlari tomonidan 3-uy atrofi va yerto‘lasi o‘tkir hidli purkovchi dori vositalari (hasharotlar va sudralib yuruvchilarni hayiqtiruvchi — is chiqaruvchi vosita) bilan zararsizlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют