» » “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovi aprel-iyun oylarida o‘tkaziladi

“Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovi aprel-iyun oylarida o‘tkaziladi


Savdo-sanoat palatasida 18-aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Tashabbus-2019” ko‘rik-tanlovi aprel-iyun oylarida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ko‘rik-tanlovda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan, tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar, jumladan yosh tadbirkorlar ishtirok etishi belgilangan.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi 22-apreldan 15-mayga qadar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi 20-maydan 12-iyunga qadar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Respublika bosqichi 20—21-iyun kunlari: “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida ko‘rik-tanlovning ochilish marosimi va ko‘rgazmasi, g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rik-tanlov quyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi va tanlov respublika bosqichi mutlaq g‘oliblari Prezident sovrini ChevroletSpark avtomashinalari bilan taqdirlanadi:

“Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;

“Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”;

“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”;

“Yilning eng yaxshi fermeri;

“Yilning eng yaxshi hunarmandi”.

Har bir boschqichda ko‘rik-tanlovning asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha 1, 2, 3-o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

Shuningdek, tanlov ishtirokchilari 11 ta qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha mukofotlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют