» » Toshkentda “Tashabbus — 2018” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Toshkentda “Tashabbus — 2018” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi


Toshkent shahridagi “Navro‘z” restoranida Prezident sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tashabbus — 2018” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini aniqlash hamda ularni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Dastlab ko‘rik-tanlovning “Eng yaxshi tadbirkor ayol”, “Yilning eng yaxshi innovatsion loyihasi”, “Yoshlarga eng ko‘p ish joyi yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi oilaviy biznes sohibi”, “Yilning eng yaxshi mahsuloti”, “Eng yaxshi eksportchi”, “Eng mas’uliyatli ijtimoiy sherik”, “Eng yaxshi ko‘rgazma namoyishi uchun” singari qo‘shimcha nominatsiyalari bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi. Ularga maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Shundan so‘ng navbat beshta asosiy — “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi fermeri”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilishga yetib keldi. Ushbu yo‘nalishlarda uchinchi va ikkinchi o‘rin egalari munosib taqdirlach, oliy o‘rin sohiblari sahnaga chorlandi.

Shunday qilib, “Namangan momiq sochiqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari G‘iyosiddin Boboxonov “Sanoat sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Farg‘ona tibbiy diagnostika” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Abdumalik Ergashev “Xizmat ko‘rsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori”, Toshkent shahridagi “Azr-Textile Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Azizjon Zoirov “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, Xorazm viloyatidagi “Yo‘ldosh Majid” fermer xo‘jaligi rahbari Yo‘ldosh Iskandarov “Yilning eng yaxshi fermeri”,samarqandlik mohir yog‘och o‘ymakori Mansur Asadov “Yilning eng yaxshi hunarmandi” deb topildi.

Barcha yo‘nalish birinchi o‘rin sohiblariga “Tashabbus — 2018” statuetkasi, oltin medal, maxsus diplom hamda Prezident sovg‘asi — Spark avtomobilining kaliti topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют