» » Turkiyada noyob qora atirgul ochildi (foto)

Turkiyada noyob qora atirgul ochildi (foto)


Tabiatda atirgullar ko‘k va qoradan tashqari istalgan rangda bo‘lishi mumkin, deb yozadi National Geographic. Ba’zi atirgullarda qizil rang pigmenti shunchalik quyuq bo‘lganidan muayyan yorug‘likda ular qoradek ko‘rinadi.

Ularda pigment genlari yo‘q. Gulchilar qora atirgul taqdim etishlari mumkin. Lekin bu rang genini o‘zgartirish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘yash orqali hosil qilinadi.

Rangi maksimal darajara to‘q qizil bo‘lgan haqiqiy atirgullar faqat Turkiyaning Shanliurfa shahrida o‘sadi. Halfeti shahri hududidagi tuproq qatlami Frot daryosidan kelib chiqqan yer osti suvlari natijasida noyob yuqori kislotlikka ega.

Hozirgi kunda atirgulning bunday turi deyarli uchramaydi. 1999-yila bu yerda to‘g‘on qurilgan bo‘lib, Halfeti va uning atrofidagi hudud suv ostida qolgan.

Yangi hududlargi ko‘chib o‘tgan aholi o‘sha joylarda qora atirgul o‘stirishga harakat qilgan, biroq oddiy tuproq sababli odatiy rangdagi atirgul o‘sib chiqqan. Hozirda mutaxassislar issiqxonalarda qora atirgul o‘sishi uchun mos sharoitlar yaratishga harakat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют