» » Amerika ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’lim tizimini o‘zgartirishi mumkinmi?

Amerika ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’lim tizimini o‘zgartirishi mumkinmi?


“Daryo” kolumnisti, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov AQSh ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’lim tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi xususida o‘z fikrlarini aytib o‘tadi.

Iqtisodiy va boshqa jihatlardan mustaqil bo‘lishni xohlagan davlat uchun ta’lim hal qiluvchi o‘rin tutadi. Fikrimizcha, ushbu maqsadga erishish uchun O‘zbekistonning oldida hali uzoq safar turibdi. Mamlakatda yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar natijasida hukumat ta’lim tizimining muhimligini tushunib yetdi. Shunga qaramay, buni isbot qilish bu sohada uchun biroz ilgari surilish bo‘ldi xolos. Ilgari siljishning yo‘qligi bugungi kun o‘rganuvchilar avlodining talab-ehtiyojlaridan tushunmaslik va bexabarlik natijasidan kelib chiqadi. Maktab va universitetlar ma’muriyatlari yechilishi lozim bo‘lgan ustuvor masalalarni ta’limning asosiy maqsadidan uzoqlashtirib yuborishgan. Natijada o‘qituvchining roli, obro‘si tushib ketdi, va buning oqibatlari yaqqol ko‘rinib turibdi.

Ta’lim tizimimizni takomillashtirish yo‘llarining boshqa mamlakat ta’lim tizimida biz topgan usullaridan biri boshqa tizimni olib kirib, joriy qilishdan iborat bo‘ldi. Biroq chet mamlakat ta’lim tizimida mavjud asosiy kamchiliklarini tahlil qila olmaslik yoki ko‘ra bilmaslik bizning asosiy muammomizdir. Ta’limni joriy qilib, biz yana o‘sha muammo takrorlaymiz va maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Ushbu maqolada men AQSh ta’lim tizimining asosiy kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tmoqchiman.

AQShda ta’lim tizimda mavjud bir qator muammolar tufayli nazarda tutilgandagiday samarador emas. Ta’lim siyosati va qaror qabul qilish ishlarida siyosiy va ijtimoiy farqlar muammolarining singib ketganligi tufayli o‘quvchi-talabalarga xilma-xillik bilan qanday murojaat qilish, o‘rganish yoki ziddiyatlarni qanday yengib o‘tishning to‘g‘ri, foydali usullari takliq qilishmaydi. Buning ustiga, ijtimoiy-siyosiy masalalar atrofida o‘tkazilayotgan keng qamrovli bahslarning orasida, maktablarda firibgarlik masalasi va hatto baholash tizimidagi nomutanosibliklar va ehtimoliy adolatsizlik masalalari kabi hal qilinmayotgan ko‘proq aniq, qat’iy muammolar mavjud.

Ko‘p hollarda maktablarda mavjud muammolar Amerika ta’lim tizimining kelajagi haqida qabul qilinishi kerak bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilishga xohish, imkoniyatning yo‘qligi bilan bog‘liqday tuyuladi. Haqiqiy va joriy vaqtda jiddiy ahamiyatga va qimmatga ega bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratishning o‘rniga, ichki nizolar va qarorlarning yo‘qligi bilan vaqt behuda sarflanmoqda. Bahs-munozarlarda vaqtni bekor o‘tkazishning o‘rniga umumiy ma’noda tizimga ta’sir qiluvchi va bilimli yoshlarni tayyorlash kabi natija beruvchi kattaroq masalalarni hal qilish va boshqa mavzular haqida bahs-munozaralar Amerikada ta’lim sifati yaxshilangandan keyingi vaqtlargacha saqlab qo‘yilishi lozim.

Amerika ta’lim tizimi muammolari va zaif tomonlari:

Yuqori sinf maktablarida ta’lim olish narxining tobora oshib borishi universitetlarda tahsil olishni xohlaydigan Amerika talabalarining sonining pasayishiga olib keldi.

Zamonaviy Amerika ta’lim tizimida jiddiy muammolar mavjudligi voqelik. Agar biz zamonaviy ta’lim tizimi bizning ta’lim tizimimizni o‘zgartirishini xohlasak, boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimi, o‘zimizning ta’lim tizimimizning xaloskori bo‘ladi deb hisoblashni bas qilishimiz kerak. Biz amalda mavjud tizimlarni to‘laligicha emas, balki eng yaxshi amaliyotlarni tahlil qilib, joriy qilishimiz lozim, chunki chet mamlakatning ta’lim tizimiga jiddiy bog‘liq bo‘lish noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, chunki bizda xodim-kadrlar, inson kapitali, logistik ko‘mak, moliyaviy zahiralar va texnologiyalar kabi sharoitlar ularniki bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют