» » “Chelsi” Yevropa Ligasi rekordini takrorladi

“Chelsi” Yevropa Ligasi rekordini takrorladi


18-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak finalining javob o‘yinida “Chelsi” o‘z maydonida “Slaviya”ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi (dastlabki uchrashuv — 1:0).

Natijada londonliklar mazkur musobaqadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 15 ta uchrashuvga yetkazib oldi (14 ta g‘alaba, 1 ta durang). Gracenote Live’ning xabar berishicha, klub bu borada “Atletiko”ning 2011-yilning noyabr oyidan 2012-yil oktabr oyiga qadar o‘rnatgan rekordini takrorladi.

So‘nggi bor “Chelsi” 2013-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi 1/4 finalining javob o‘yinida “Rubin”ga mag‘lub bo‘lgandi (2:3). O‘sha yilgi mavsumda “ko‘klar” finalda “Benfika” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют