» » Sherzod Shermatov: Men gazetaning dushmani emasman

Sherzod Shermatov: Men gazetaning dushmani emasman


Ta‘lim tizimida qanday ishlar olib borilayotgani hamda bu yilgi obuna mavsumida turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan “majburiy obuna” masalasiga oydinlik kiritish maqsadida “Jamiyat” gazetasi muxbiri Xalq ta‘limi vaziri Sherzod Shermatov bilan suhbatlashdi. Suhbat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Unda Sherzod Shermatov gazeta o‘qishini, nafaqat gazeta, balki barcha ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarni ham kuzatishini aytgan.

Bir gapni yana ta‘kidlashni istayman, men majburiy degan narsaga qarshi bo‘ldim. Gazetaga, ixtiyoriy obunaga emas. Shu narsada sal tushunmovchilik bo‘lyapti.

Mana, o‘qituvchini majburiy mehnatdan, majburiy obunadan, majburan qandaydir homiyliklar qilishdan xalos qildik. Lekin gazeta o‘qimasin, demadik.

Misol uchun, mening cho‘ntagimda ma‘lum miqdorda pulim bor. Unga xohlasam, suv olib ichaman, xohlasam bolalarimga nimadir xarid qilaman, xohlasam, gazetaga obuna bo‘laman.

Ya‘ni o‘qituvchi o‘z pulini o‘zi istaganicha ishlatsin. Men bunday holatda qanday qilib uni cheklashim mumkin.

Yana takror aytaman: men gazetaning dushmani emasman.

Sherzod Shermatov, Xalq ta‘limi vaziri



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют