» » Rossiya: Yadro urushida g‘oliblar bo‘lmaydi

Rossiya: Yadro urushida g‘oliblar bo‘lmaydi


2018-yilning oktabr oyida Rossiya hukumati AQShga o‘zining yadro urushiga yo‘l qo‘ymaslik va strategik barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvini tasdiqlashni taklif qilgan. Biroq AQSh bu loyihaga hali ham javob bermagan, deb yozadi “Novaya gazeta”.

Ushbu tashabbusda har ikki tomonning harbiy qarama-qarshiliklarni oldini olish va yadro qurolidan foydalanmaslik to‘g‘risida kelishib olish nazarda tutilgan.

“Yadro urushida g‘oliblar bo‘lmaydi va u hech qachon ko‘tarilmasligi kerak”, — deb yozilgan loyiha matnida.

AQShning Rossiyadagi elchisi Andrea Kalan Amerika hukumati AQSh, uning ittifoqchilari va hamkorlari xavfsizligini ta’minlash uchun qurollanishni samarali nazorat qilishda davom etayotganini aytgan. Shuningdek, Vashington bu borada Rossiya bilan muzokara olib borishga tayyor ekanini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют