» » Termizdagi sayyor qabulda 11 nafar chin yetim talabaning kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi

Termizdagi sayyor qabulda 11 nafar chin yetim talabaning kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi


Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Alisher Usmonov, Surxondaryo viloyat va Termiz shahar hokimligi, tashkilot, korxonalar hamda ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Perzident Xalq qabulxonasi matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Qabulda 243 nafar fuqaroning 270 ga yaqin murojaati tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli vazirlik, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilgan.

Termiz shahridagi Navro‘z mahallasida yashovchi Mayram Jumayeva moddiy imkoniyati yetmayotgani sababli ko‘p yillardan buyon sog‘ligini tiklay olmayotgani va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan birida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga ehtiyoj sezayotganini ma’lum qilgan. Bu masala Termiz shahar hokimligi tomonidan joyida hal etilib, fuqaroning davolanishi uchun besh million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ishga joylashish masalasida yordam so‘ragan Tuproqqo‘rg‘on mahallasida yashaydigan Zuhra Raimovaning murojaati joyida hal etilib, fuqaro Surxondaryo viloyat “Elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga ishga qabul qilingan.

Sayyor qabul chog‘ida yordam so‘rab murojaat etgan 11 nafar chin yetim talabalarning o‘qishi uchun zarur bo‘lgan 49 048 452 so‘m kontrakt mablag‘lari shahar hokimi tomonidan o‘tkazib berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют