» » Boks. Yodgoroy Mirzayeva shri-lankalik raqibini mag‘lub etdi

Boks. Yodgoroy Mirzayeva shri-lankalik raqibini mag‘lub etdi


19-aprel, juma kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati navbatdagi jang bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasining ayollar o‘rtasida 57 kg vazn toifasi vakilasi Yodgoroy Mirzayeva o‘zining ilk jangida shri-lankalik bokschi Krishmiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning keyingi bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, kunning birinchi jangida Shunqor Abdurasulov (-64 kg) iroqlik Kadim al-Ezireni mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi jangda esa Bobousmon Boturov (-69 kg) mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatarni 2-raundda texnik nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют