» » Hindistonda och qolgan fil uni oziqlantirishni unutgan hayvon o‘rgatuvchisini o‘ldirdi

Hindistonda och qolgan fil uni oziqlantirishni unutgan hayvon o‘rgatuvchisini o‘ldirdi


Hindistonda tutqundagi och qolgan fil uni oziqlantirishni unutgan hayvon o‘rgatuvchilaridan birini qo‘g‘irchoq kabi osmonga uloqtirib o‘ldirdi, uning hamkasbini esa yarador qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Bu hodisa Hindistonning janubi-g‘arbiy qismidagi Kerala shtati Ejukone qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, fil hozirda kasalxonada yotgan bosh hayvon o‘rgatuvchisi Satishanni jiddiy jarohatlagan, so‘ngra uning 45 yoshli hamkasbini o‘ldirgan.

Xabarlarga ko‘ra, Rajasekxara filini yaqinda Chirail Devi ibodatxonasida bo‘lib o‘tadigan har yilgi festivalning bir ishtirokchisi sifatida marosimga tayyorlashgan.

O‘sha kuni 40 yoshli fil ibodatxona yaqinida ham boshqa bir necha hayvon o‘rgatuvchilariga hujum qildi.

Voqea sodir bo‘lgan joyga Jonivorlarga shafqatsiz munosabatning oldini olish jamiyati (SPCA) vakillari  filni tinchlantirish uchun yetib keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют