» » Sherzod Shermatov: Farzandining kelajagini o‘ylaydigan ota-ona uning ta’limi uchun mablag‘ni ayashi kerak emas

Sherzod Shermatov: Farzandining kelajagini o‘ylaydigan ota-ona uning ta’limi uchun mablag‘ni ayashi kerak emas


O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Jamiyat” gazetasiga bergan intervyusida xususiy maktablarda to‘lov o‘rtacha oylikka ishlaydiganlar uchun qimmat ekanligi haqidagi savolga javob berdi. Vazirning ta’kidlashicha, vazirlik xususiy tadbirkorning narx belgilashiga aralasha olmaydi.

“Yo‘q, u xususiy maktab, xususiy tadbirkor ishiga davlat aralashmasligi kerak. Vazirlik faqatgina ta’lim sifati va o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasiga aralashishi mumkin. Lekin to‘lov narxiga aralashmaydi. Aslida, farzandining kelajagini o‘ylaydigan ota-ona uning ta’limi uchun mablag‘ni ayashi kerak emas”, — deydi vazir.

Vazirning fikriga ko‘ra, xususiy maktabda farzandini o‘qitishga imkoniyati yo‘qlar bolalarini davlat maktablarida o‘qitishi kerak:

“Unda davlat maktablarida o‘qitaverish kerak. Boshqacha qilib aytganda, xususiyga xalaqat qilmaslik, davlat maktablarini yanada yaxshilash kerak. Oddiy misol, oldin xususiy maktab ochish uchun litsenziya olish muammo edi. Hozir Prezident qarori bilan bular hal bo‘ldi. Bemalol litsenziya olish mumkin. Keyingi muammo, shahodatnoma berolmas edi. Mana, bu yildan bu muammo ham hal bo‘ldi. Qo‘shimcha darslik¬lardan foydalanishda e’tiroz bor edi. Bu ham bartaraf etildi. Ya’ni, xususiy maktab davlat tomonidan tavsiya qilinayotgan darsliklar asosida o‘qitadi. Shu me’yor darajasida bilim berishi majburiy. Ammo yanada ko‘proq ilm bermoqchi bo‘lsa, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, bemalol”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют