» » La Liga. “Barselona” va “Atletiko M” bugun, “Real M” esa ertaga o‘ynaydi

La Liga. “Barselona” va “Atletiko M” bugun, “Real M” esa ertaga o‘ynaydi


19-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 33-tur bahslari boshlandi.

Turni “Alaves”—“Valyadolid” uchrashuvi boshlab berdi. Bellashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Yon Gvidetti (4) va Xoni (24) kiritgan gollarga “Valyadolid” Xoakin Fernandes (38) hamda Enes Unal (76) urgan gollari bilan javob qaytardi. Natijada g‘olib nomi aniqlanmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

20-aprel, shanba kuni Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi “Eybar” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Matraschilar” avvalgi turda o‘z maydonida kechgan bahsda “Selta”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:0).

Shu kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilaytogan Kataloniyaning “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Real Sosyedad”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin soat 23:45 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anor ranglilar” 32-turda “Ueska” bilan durang o‘ynagandi (0:0).

21-aprel, yakshanba kuni 61 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan “Real Madrid” “Santyago Bernabeu” stadionida “Atletik Bilbao” bilan bahsga kirishadi. Bahsga 19:15 da start beriladi.

Ta’kidlash joiz, madridliklar oxirgi turda safarda “Leganes”ni yuta olmagandi (1:1).

32-tur o‘yinlaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

33-tur bahslari

19-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 4 Gvidetti, 2:0 — 24 Xoni, 2:1 — 38 Fernandes, 2:2 — 76, penalti, Unal

20-aprel, shanba

21-aprel, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют