» » TATU Koreya elektronikalar texnologiya instituti bilan birga haydovchisiz avtomobillar texnologiyasini rivojlantiradi 

TATU Koreya elektronikalar texnologiya instituti bilan birga haydovchisiz avtomobillar texnologiyasini rivojlantiradi 


Joriy yilning 18-aprel kuni Korea elektronikalar texnologiya instituti vakillarining TATUga qilgan tashrifi davomida haydovchisiz avtomobillar texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Muzokaralar natijasida kelgusida haydovchisiz boshqariluvchi avtomobillar – “Autonomus driving car” V2X texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Uchrashuvda ikki OTM o‘rtasida ilmiy-amaliy loyihalarni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Koreya elektronika texnologiyalari instituti mamlakatning 5 ta shahrida filiallariga ega bo‘lib, “Sun’iy intillekt”, “Aqlli shahar” va boshqa yo‘nalishlarda jahonning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют