» » Ozbekiston musulmonlari idorasi Allohga shirk bolgan amallar davom etayotganidan tashvish bildirdi

Ozbekiston musulmonlari idorasi Allohga shirk bolgan amallar davom etayotganidan tashvish bildirdi


Shu kunlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi qurigan daraxtni muqaddas sanab, uni tavof qilish va undan hojatini sorash kabi shirk amallar aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgani kuzatildi. Ozbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ziyoratgohlardagi shirk amallardan saqlanish borasida aniq korsatma va fatvolar elon qilingan, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.

Darhaqiqat, Islom tavhidga asoslangan din. Alloh taoloning yagonaligiga, barcha yaxshilik va yomonlik faqat Uning irodasi bilan bolishiga imon keltirish imonning asosiy sharti hisoblanadi.

Musulmon kishi ozining imon-etiqodiga asosan barcha hojatlarini faqat Alloh taolodan sorashi va Uning Ozigagina ibodat qilishi shart. Alloh taolo bu haqda shunday deydi:

...Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda bolishdan umidvor bolsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga) sherik qilmasin! (Kahf, 110).

Alloh taolo hojatni yolgiz Ozidan sorash kerakligini ana shu va boshqa koplab oyati karimalarida ochiq-oydin malum qilgan. Hazrati Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam va U zotning merosxorlari bolgan ulamolar inson ehtiyojini faqat Alloh taolodan sorash lozimligi haqida talimot berganlar. Afsuski, kop yillardan beri ayrim kishilar bilimsizligi deysizmi, johilligi sabab bolibmi, Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband hazratlari ziyoratgohi hududidagi qurigan daraxtni muqaddas sanab, uni tavof qilish va undan hojatini sorash kabi shirk amallarni qilib kelmoqdalar.

Quroni karimda:

Albatta, Alloh oziga (biror narsa) sherik qilinishini kechirmaydi. Bundan ozga (gunohlar)ni (Ozi) xohlagan kishilar uchun kechirgay. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, demak, u (togri yoldan) juda uzoqqa adashibdi (Niso, 116).

Bugungi kunda koplab ziyoratgohlarda ana shunday bidat va shirk amallariga kozingiz tushadi. U yerlardagi narsa va buyumlardan farzand, baxt, boylik va hokazolarni sorash nodonlik va ulkan gunohdir.

Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi qadimiy daraxt ham insonlarning yoldan ozishlariga, shirk amallarga qol urishlariga sabab bolmoqda. Ziyoratga kelganlar osha daraxtni silab, yuz-kozlarini surtib, atrofini aylanib, turli narsalarni sorashayotgani kuzatilmoqda. Axir allaqachon qurib qolgan, bittagina barg chiqarishga ham majoli yetmayotgan daraxt insonga qanday qilib foyda keltirishi mumkin?!

Bundan bir necha yil avval mazkur holat yuzasidan Ozbekiston musulmonlari idorasining Daraxt va tosh kabilarni muqaddas deb bilishning shirkligi haqidagi fatvosi ham elon qilingan hamda tushuntirish ishlarini olib borilgan edi. Shuningdek, ziyoratgohlarga Islom aqidasi va shariatida korsatilgan ziyorat qilish odoblari haqida lavhalar qoyilgan edi.

Ozbekiston musulmonlari idorasi Alloh taologa shirk bolgan bunday amallarning davom etayotganidan jiddiy tashvishda. Negaki, Alloh taoloni qoyib, daraxtdan hojat istagan banda Alloh taoloning qahrini keltiradi. Natijada hojati ravo bolish u yoqda tursin, boshi tashvishu gamdan, musibatu balolardan chiqmay qoladi. Diniy idora ulamolari ana shundan xavotirga tushib ziyoratchilardan ushbu shirk amalni qilmaslik hamda ziyoratgoh masullaridan ushbu qadimiy daraxt haqida togri tushuncha berishni joriy etdi.

Bugungi kunga kelib, Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi mazkur qurigan daraxt atrofida birmuncha tartib ornatildi. Jumladan, imom-xatiblar jalb etilib, kelgan ziyoratchilarga u qadimiy qurigan daraxt ekani, kimda-kim undan biror narsa sorasa, aylansa shirk bolishi haqida malumotlar berib turibdilar.

Ammo ushbu daraxtdan madad sorash yagona hodisa emas, yurtdoshlarimiz Qoraqalpogiston Respublikasi Nukus shahridagi daraxtdan, Toshkent viloyatidagi Kumushkon sanatoriyasi tepasidagi sadaqayragochdan, Samarqand viloyatining Chonqaymish qishlogidagi chinor daraxtidan ham hojat sorashdek shirk amallarni odat qilganlar.

Bazi kishilarning hamma narsaga yetgan aqllari nega shunga qolganda oqsaydi hayron qoladi odam: tagini yumshatib suv qoysangiz, osadigan; kasallansa, dori sepsangiz tuzaladigan; suv qoymasangiz qurib qoladigan yoxud sizning qarovingizga muhtoj bir daraxt sizga boylikni qayerdan olib keladi. Undan farzand sorash-ku aqlga sigmaydigan darajadagi taajjubli holat.

Musulmon odam nimaiki hojati bolsa, barchasini faqat va faqat Alloh taolodan sorashi lozim. Bandani asrovchi ham, unga boylik, farzand nemati va boshqa narsalarni beruvchi ham faqat Haq taoloning ozidir!, deyiladi Ozbekiston musulmonlari idorasi xabarida.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-04-2019, 13:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -