» » Video: Qo‘qondagi YTHga uchragan avtomobillar “paradi”

Video: Qo‘qondagi YTHga uchragan avtomobillar “paradi”


Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobillar “paradi” uyushtirildi.

Telegram kanallarida tarqalgan videodan ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasiga uchragan har bir mashina qaysidir holatga bag‘ishlangan.

Ularga “Charchoqni yengaman dema, uyqung keldimi, to‘xta”, “Begunoh odamning boshiga musibat solmang”, “Rulda telefonda gaplashma”, “Tezlikni oshirib, umringni qisqartirma” kabi izohlar berilgan. Mashinalarda hatto “halok bo‘lgan” haydovchilarni ham ko‘rish mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tadbir “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” va “Avtomobilsiz kun” aksiyalari doirasida haydovchi va piyodalarni hushyorlikka chaqirish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga da’vat etish maqsadida o‘tkazilgan.

Viloyatning barcha shahar-tumanlarida “Targ‘ibot avtokarvonlari” tashkil etilib, odamlarga yo‘l-transport hodisalari qanday mudhish oqibatlarga olib kelishi tushuntirilgan.

Shuningdek, aksiyasi davomida Farg‘ona politexnika instituti talabalari, Farg‘ona va Qo‘qon shahar paralimpiya jamoalari ishtirokida futbol musobaqasi ham tashkil etilib, yoshlarga sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют