» » Tashkent City hududidagi “Orifjon” jome’ masjidi rekonstruksiyaga tayyorlanmoqda

Tashkent City hududidagi “Orifjon” jome’ masjidi rekonstruksiyaga tayyorlanmoqda


Tashkent City hududidagi “Orifjon” jome’ masjidi binosi rekonstruksiya qilishga tayyorlanmoqda. Siti direksiyasining xabar berishicha, bu borada dastlabki reja ishlab chiqilgan bo‘lib, keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasining arxitektorlari va restavratorlari jarayonni kuzatib boradi.

Qayd etishlaricha, tegishli mutaxassislar 1915—1916-yillarda qurilgan “Orifjon” jome’ masjidi tashqi va ichki qiyofasidagi har bir detalni o‘rganib chiqqan va binoning interyeri, tomi va gumbazlarini yaxlitlash va tiklash zarurligi haqida xulosa chiqargan.

“Restavratsiya ishi XX asr boshidagi me’morchilikning barcha xususiyatlarini hisobga oladigan bo‘lsa, konsepsiyaga ko‘ra, masjid binosi xalqaro ishbilarmonlik markazining umumiy ko‘rinishiga mos bo‘lishi kerak”, — deyiladi xabarda. Ayni paytda olimlar ish loyihalarini tayyorlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют