» » Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bosniyada 8000 musulmon o‘ldirilishida Niderlandiyani aybladi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Bosniyada 8000 musulmon o‘ldirilishida Niderlandiyani aybladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 15-mart kuni Afyon shahrida bo‘lib o‘tgan namoyishda Niderlandiya 1991—1995-yillarda sobiq Yugoslaviyadagi urush vaqtida Srebrenitsa shahrida 8000 ga yaqin kishi o‘ldirilgan qirg‘inga javobgar ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ayni damda Niderlandiyada saylovlar, bundan keyin kim nima qilishi aniq bo‘ladi. Bu odamlarning insoniylik, zamonaviy dunyo bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Bosniya (Srebrenitsa)da 8000 nafar bosniyalik musulmonni o‘ldirgan — shulardir. Biz ularning odatlarini bilamiz. Ular insoniyatning biror qismi hisoblanmaydi, ular zamonaviy odamlarga aylanmadi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti 

Avvalroq Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi ham ushbu mavzuga to‘xtalib, Niderlandiya Srebrenitsada 8,5 ming musulmon o‘ldirilayotganda kuzatuvchi bo‘lib qolganini ishonch bilan aytgan edi.

Erdo‘g‘on Rotterdam hukumati Oila va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha vazir Fatma Betul Sayan Kayaning gollandiyalik turklar huzurida nutq so‘zlashiga qarshilik qilganini ham yodga soldi.

Ularning o‘zi saylovoldi targ‘ibotini o‘tkazmoqda. Siz Niderlandiya, Germaniya, Shvetsiya, Shveysariyaga terroristik Kurdiston ishchi partiyasi vakillariga, ularning yugurdaklariga, Turkiya Advokatlar hay’ati rahbariga (Turkiya konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritishga) qarshi kampaniya tashkil etish uchun borishga ruxsat berasiz. Unda nega turk vazirini kiritmaysiz?.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti

Eslatib o‘tamiz, Turkiya va Niderlandiya o‘rtasida yuzaga kelgan diplomatik mojaro Niderlandiya elchisining Turkiyaga kirishi taqiqlanganligi hamda Anqara Niderlandiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashi mumkinligi haqidagi xabarlarga olib keldi.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 124) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют