» » Ko‘zi ojiz yaponiyalik 12 metrli yaxtada Tinch okeanini kesib o‘tdi

Ko‘zi ojiz yaponiyalik 12 metrli yaxtada Tinch okeanini kesib o‘tdi


Ko‘z nurini yo‘qotgan 16 yoshli yaponiyalik Mitsuxiro Ivamoto 12 metrli Dream Weaver yaxtasida Tinch okeanini suzib o‘tdi, deya xabar beradi “TJournal”.

Unga amerikalik shturman Duglas Smit yordam bergan, ammo qayd etilishicha, u boshqaruvga aralashmagan. 24-fevral kuni kichik kema San-Diyego portidan yo‘lga chiqqan va 20-aprel kuni ertalab Yaponiyaning Fukusima perfekturasi Ivaki portida to‘xtagan.

Bu Ivamoto tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi urinishdir — dastlabki urinishni u 2013-yilda amalga oshirgan, biroq unda kema cho‘kib ketgan. 2018-yilda u GoFundMe orqali mablag‘ to‘plashga kirishgan. Yig‘ilgan pullarni u ko‘zi ojizlikka olib keladigan kasalliklarni o‘rganish uchun xayriya qilishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют