» » Superliga. “Navbahor” “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Superliga. “Navbahor” “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi


21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida Namanganning “Navbahor” klubi “Istiqlol” stadionida Termizning “Surxon” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Obid Jo‘raboyev (74), Azim Ahmedov (89), Aleksandr Kasyan (90) tomonidan kiritilgan gollar namanganliklarga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Navbahor” 7 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Surxon” esa 8 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘onada bormoqda.

Superliga

5-tur bahslari

21-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 — 74 Jo‘raboyev, 2:0 — 89 Ahmedov, 3:0 — 90 Kasyan

“Navbahor”: Yusupov, Lukich, Jo‘raboyev, G‘ofurov, Mehmonov, O‘runov (G‘ulomov, 81), Ahmedov, Shaymanov (Tagayev, 57), Solovyov (Ibragimov, 86), Isroilov, Kasyan

“Surxon”: Omonov, Xojiakbarov, Berdimurodov, Bubanya, Stanoyevich, No‘monov, Salomov (Xursanov, 88), Ismoilov, G‘ofurov, Aliyev (Xoliqulov, 90), Hakimov (Yusupov, 78)

Ogohlantirishlar: G‘ofurov (5), Stanoyevich (20), O‘runov (51), No‘monov (56), Omonov (65), Ahmedov (69), Jo‘raboyev (84)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют