» » Hamdostlik qalqoni2019 ishtirokchilari mashgulotlar rejasini kelishib oldi

Hamdostlik qalqoni2019 ishtirokchilari mashgulotlar rejasini kelishib oldi


Forish tog dala poligonida Hamdostlik qalqoni2019 hamkorlikdagi maxsus-taktik oquv mashgulotlarida ishtirok etish uchun 20-aprel kuni kelgan Turkiya hamda Pokiston harbiy delegatsiyasi bilan uchrashuv otkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Daryoga malum qildi.

Ozbekiston, Turkiya va Pokiston harbiy delegatsiyasi rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan yigilish davomida 2227-aprel kunlari Forish poligonida otkaziladigan mashgulotlar rejasi, harbiy xizmatchilarning kun tartibi va maxsus-taktik oquvlar otkaziladigan joylar muhokama qilindi. Yigilish yakunida bu erda yaratilgan sharoitlar tomonlarni toliq qondirayotgani sabab oquv rejasiga ozgartirish kiritmaslikka kelishib olindi.

Forish poligoni hamda undagi obektlar bilan yaqindan tanishishlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya yakunlangach, Ozbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Ozbekistonlik harbiy sanatkorlar tomonidan pokiston va turk tilida kuylangan diltortar qoshiqlar mehmonlarni xushnud etdi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-04-2019, 12:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -