» » Jizzaxda O‘zbekiston — Qozog‘iston chegarasini buzgan erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Jizzaxda O‘zbekiston — Qozog‘iston chegarasini buzgan erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi


Jizzaxda ikki davlat chegarasini buzgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman sudining raisi Maqsud Rayimov xabar berdi.

Fuqaro U.Rasulov (ism sharifi o‘zgartirilgan) ishlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketadi.

Biroq u yerda o‘ylaganiday ish ham pul ham tayyormasligiga o‘zi guvoh bo‘lib, sarson-sargardon bo‘lib ortga qaytish payiga tushadi. Biroq fuqarolik pasportini yo‘qotganligi sababli O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi davlat chegarasini chegara va bojxona nazorati o‘rnatilmagan noqonuniy yo‘llar orqali ikki davlat chegaralari bo‘ylab  yo‘rnatilgan sim to‘siqlarini buzib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir etadi.

Jizzax viloyat DXX xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida sim to‘siqlarni buzib o‘tgan shaxs U.Rasulov ekanligi aniqlanadi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilib, ish mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Mirzacho‘l tuman sudiga yuboriladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan U.Rasulov O‘zbekiston Respublikasi JK 223-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 (uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, 1 yil sinov belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют