» » Dunyodagi eng katta Qur’on kitoblaridan biri Samarqandda saqlanadi

Dunyodagi eng katta Qur’on kitoblaridan biri Samarqandda saqlanadi


Qur’on kitobining hajmi va taxlanishi jihatidan Markaziy Osiyoda eng nodir nusxalaridan biri Samarqandda saqlanadi, deya xabar beradi “Zarnews”.

Kitob Samarqand qozikaloni Mir Nizomiddin Xoja ibn Mir Abdug‘affor Xojaning ma’lumotiga ko‘ra, hijriy 1271-yilda (milodiy 1854—1855-yillarda) Buxoro hukmdori Amir Nasrulloh buyrug‘i bilan samarqandlik kotib Mullo Hasan Samarqandiy tomonidan (suls xatida Samarqand qog‘oziga) ko‘chirilgan. Uning birinchi betida Bibixonim masjidiga vaqf qilinganligi yozilgan.

Keyinchalik Shohi Zinda maqbarasiga o‘tkazilgan. Bu kitob hijriy 1298-yilda (milodiy 1881—1882-yillar) va 1339-yilda (milodiy 1922—1923-yillarda) ta’mirlangan. Ta’mirlash ishlarida Mulla Abdurahmon Mirsolixov, Porsoxoja Tursunxo‘jayev, ranggi o‘chgan joylarini qayta yozishda mulla Sayfiddin Abdusattorovlar qatnashgan. 1939-yilda Shohi Zinda maqbarasidan olinib, Samarqand viloyat muzeyiga topshirilgan.

“Qur’on” 104x156 santimetr bo‘lib, 32 varaqdan iborat. Kitob unvoni (nomi) birinchi betida bo‘lib, zarhal harflar bilan ishlangan. Har bir beti bir-biriga ulangan varaqlardan iborat bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan to‘rtburchak bo‘lmalarga mahkamlangan. Burchaklari teri bilan qoplangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют