» » 24—26-aprel kunlari Urganch shahrida axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi

24—26-aprel kunlari Urganch shahrida axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2019-yilning 24—26-aprelida “Central Asia – 2019: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot kutubxona resurslari” XIII Xalqaro konferensiyasi Xorazm viloyatining Urganch shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Konferensiyaning maqsadi – fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar faoliyatining hamjihatlikda ko‘p yillar samarali hamkorlikda faoliyatlarini kengaytirishdan, kutubxonalar ishining muammolari, ularning innovatsion rivojlanish yo‘llarini izlashdan iborat.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot-kutubxona faoliyati bo‘yicha har yili an’anaviy “INFOLIB” Milliy axborot-kutubxona haftaligi hamda “Central Asia: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusida, “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi” Milliy ilmiy-ta’limiy forumi o‘tkazib kelinadi.

Ushbu yirik tadbirlarda respublikadagi axborot-kutubxona muassasalarining bugungi kundagi holati, sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi, tajribalari, muammolari tahlil qilinib, istiqboldagi rejalari belgilab olinadi va hamkorlikda ishlash jarayoni davom ettirib borilmoqda.

Konferensiyada Turkiya, Rossiya, AQSh, Pokiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Germaniya, Latviya, Belorussiya, Turkmaniston, Janubiy Koreyadan soha mutaxassislari ishtirok etadi. Konferensiya dasturi doirasida kitobxonlik masalalari, kutubxonachilikni oldida turgan istiqboldagi vazifalar hamda sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalarga bag‘ishlangan ilmiy sho‘balar, amaliy seminarlar, mahorat darslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bu yilgi konferensiya o‘tgan yildagisidan kitob va kitobxonlik masalalariga, sohadagi muammolarga alohida e’tibor qaratilishi, Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi UzNEL dasturining ishlash jarayoni bo‘yicha mahorat darslari MDH va xorijiy davlatlar Milliy kutubxonalar bilan hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishi, qolaversa mutaxassislarining mamlakat kutubxonachilik sohasiga qiziqishi bildirilayotganligi bilan ahamiyatlidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют