» » Jizzaxda erkak kishini “samosud” qilgan ayol va uning sherigi jazolandi

Jizzaxda erkak kishini “samosud” qilgan ayol va uning sherigi jazolandi


Jizzax viloyat prokuraturasi G‘allaorol tumanida yashovchi fuqaro S.A. bilan bog‘liq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvir holati yuzasidan ma’lumot tarqatdi.

G‘allaorol tumani, “G‘o‘bdin” QFY, Nurafshon ko‘chasida yashovchi S.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga fuqaro A.P. va boshqalar tomonidan sha’ni va qadr-qimmati kamsitilganligi, uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilinganligi va bu haqidagi videotasvir internet tarmog‘ida tarqatib yuborilganidan norozi bo‘lib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.A. 2018-yil 5-sentabr kuni A.P. bilan telefon orqali tanishib, u bilan shu kuni soat 15:00 larda “G‘allaorol dehqon bozori” oldida uchrashishni kelishgan.

Fuqaro S.A. A.P.ga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilganligi sababli, A.P. yaqin tanishi bo‘lgan B.X.ga bu haqda aytib, ular o‘zaro jinoiy til biriktirishib S.A. bilan kelishilgan vaqtda uchrashadi va uning 200 000 so‘m pullarini hamda 80 000 so‘mlik Nokia rusumli uyali telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib, unga telefon apparatini qaytarib olishini istasa avtomashinaga o‘tirishini talab qilgan.

Shundan so‘ng, S.A. fuqaro B.X. boshqaruvida bo‘lgan “Volga-GAZ-31” avtomashinaga o‘tirgach, uni tumandagi “Madaniyat” QFY hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasining orqa tomonidagi dala maydoniga olib borgan.

U yerda fuqaro B.X. va A.P.lar fuqaro S.A.ning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, tahqirlovchi so‘zlar bilan haqorat qilib, qo‘rqitib bakalashkaga o‘tirib-turishga hamda o‘zini o‘zi haqoratli so‘zlar bilan atashga majbur qilib, ushbu jarayonni uyali telefon apparati orqali videotasvirga olib, internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 23.09.2018-yili tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.P. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijalariga ko‘ra, 09.10.2018-yilda fuqaro B.X. va A.P.larga O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi (Haqorat qilish) 2-qismi, 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ayb e’lon qilingan.

Mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudiga yuborilgan.

Jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida mazmunan ko‘rilib, sudning 18.01.2019-yildagi hukmi bilan sudlanuvchi B.X. va A.P.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismining “v” bandi, 140-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.

Sudning hukmi bilan B.X.ga JKning 57, 59, 62-moddalari qo‘llanilgan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash va eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Sudlanuvchi B.X.ning ehtiyot chorasi sifatida qamoqda bo‘lgan 3 oy 20 kun muddati shu muddatga ozodlikni cheklash jazosiga tenglashtirilib, jazoning ushbu qismi o‘talgan deb hisoblangan va uzil-kesil o‘tash uchun 2 yil 8 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosi hamda eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Shu kabi, sudlanuvchi A.P.ga JKning 57, 59-moddalari qo‘llanilgan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash va eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют