» » Kattaqo‘rg‘onda tahqirlanib, keyinchalik o‘g‘riligi uchun jazo tayinlangan ayol G‘allaorolda yana jinoyatga qo‘l urdi

Kattaqo‘rg‘onda tahqirlanib, keyinchalik o‘g‘riligi uchun jazo tayinlangan ayol G‘allaorolda yana jinoyatga qo‘l urdi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri IIB sobiq katta tezkor vakili San’at Umarov tomonidan tahqirlanib, shahar IIB binosida yechintirilgan, so‘ngra Oqdaryo tumanida sodir etgan o‘g‘riliklari uchun JIB Oqdaryo tuman sudi tomonidan 4 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan, Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi N.T. yana jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

“Kun.uz” nashriga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, N.T. 2019-yil 10-fevral kuni ertalab 06:00 larda sherigi O.S. bilan Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida joylashgan “G‘allaorol dehqon bozori”da kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlik qilish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirib, bozorga kelishadi va uning hududida joylashgan choyxonada spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda soat taxminan 08:00 larda tirband joyda kartoshka-sabzi xarid qilayotgan fuqaro L.Ahmedovaning hamyonidagi 165.000 so‘m va Samsung rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab olishadi.

Bundan tashqari, shu kuni soat taxminan 08:30 larda N.T. va O.S. o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, “G‘allaorol dehqon bozori”ga kirish darvozasining oldida odamlar tirband joyda fuqaro S.Yakubova paypoq sotib olayotganligidan foydalanib, uning hamyonidagi 75.000 so‘mni takroran kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab olgan chog‘da ushlanib, jinoiy qilmishlari fosh etilgan.

N.T. va O.S.dan L.Ahmedovaga tegishli bo‘lgan Samsung rusumli uyali telefon apparati hamda S.Yakubovaga tegishli bo‘lgan hamyon bilan 75.000 so‘m pullar hujjatlashtirib olingan.

2019-yil 12 fevral kuni mazkur holat yuzasidan N.T. va O.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

N.T. va O.S. fuqaro S.Yakubovaning hamyonidagi 75.000 so‘m miqdoridagi pulni kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab olganliklari bevosita guvoh bo‘lgan bozorda savdo qiluvchi fuqarolarning bergan ko‘rsatmalari hamda “G‘allaorol dehqon bozori”ga o‘rnatilgan, o‘g‘irlik holati tushirilgan videotasvir bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topgan.

2019-yil 12-fevral kuni N.T. gumonlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.

14-fevral kuni JIB G‘allaorol tuman sudining ajrimiga ko‘ra N.T.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

21-fevral kuni N.T. va O.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan va jinoyat ishi JPKning 381-moddasi tartibida tuman prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют