» » Namanganda “Bibliobus” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Namanganda “Bibliobus” faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Namanganda “Bibliobus” — ko‘chma avtokutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

120 million so‘m evaziga xarid qilingan avtobus 25 million so‘m mablag‘ evaziga jihozlanib, ko‘chma avtokutubxonaga moslashtirildi. 200 xil nomdagi mingdan ziyod badiiy kitob va siyosiy adabiyotlar bilan ta’minlandi.

“Bibliobus” Namangan shahridagi “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondiga tuhfa etildi.

Viloyat markazidan ancha olis hududda joylashgan “Bunyodkor” mahallasida “Bibliobus” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, OAV vakillari, yozuvchi va shoirlar hozir bo‘ldi.

Ko‘chma kutubxona faoliyati aynan “Bunyodkor” mahallasidan boshlangani bejiz emas. Mazkur hudud aholisi kitob xarid qilish maqsadida shahar markaziga borishi uchun 15-20 kilometr yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют