» » Namanganda “kitob qahvaxonlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Namanganda “kitob qahvaxonlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi


Namangandagi “Yoshlar markazi”da “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Viloyat ziyolilari, talabalar, OAV vakillari ishtirok etgan marosimda so‘zga chiqqan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Muhammadali Ubaydullayev mazkur fond bugungi kun uchun eng muhim bo‘lgan vazifa — ma’naviyat va ma’rifatni targ‘ib etish, bunga bel bog‘lagan insonlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganini ta’kidladi.

— Chindan ham rejalarimiz shunday, — deydi fond vasiylik kengashi raisi, Namangan shahar kengashi deputati Ma’rufxon Mo‘minov. — Mazkur jamg‘arma orqali kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kam ta’minlangan oilalarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, litsey, kollejlar, mahallalarda kitob aksiyalarini o‘tkazib borish, mehribonlik uylari, nogironlar, qariyalar uylarida kutubxonalar tashkil etishni mo‘ljallaganmiz. Bunga hissa qo‘shishni istagan barcha insonlarga eshiklarimiz ochiq.

Tadbirda fond mutasaddilari viloyat ijodkorlarining kitoblarini nashr etishga ko‘maklashish, sharoiti mushkul oilalarning farzandlarining oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari uchun grantlar jalb etish, aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida book caf? — “kitob qahvaxonlari” va busbook — “kitob avtobuslari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi ko‘plab rejalari bilan o‘rtoqlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют