» » Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi missiyasini yakunlamoqda

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi missiyasini yakunlamoqda


2019-yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenkoni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston — Ukraina aloqalarining holati va ushbu hamkorlikni, birinchi navbatda ulkan foydalanilmagan salohiyat mavjud bo‘lgan savdo-iqtisodiy sohada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda Elchining ko‘p yillik faoliyatiga yuqori baho berildi”, — deyiladi xabarda.

Elchi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Pyotr Poroshenko farmoni bilan Yuriy Savchenko Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan bo‘shatilgan edi. Yuriy Savchenko hozir 65 yoshda, u 2010-yildan buyon Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют