» » O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarining jahon bozorlaridagi narxlari barqaror saqlanmoqda

O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarining jahon bozorlaridagi narxlari barqaror saqlanmoqda


Joriy yilning 13-fevral kuni umumiy qiymati bir milliard dollar miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalari (xalqaro obligatsiyalar) jahon moliya bozorlarida joylashtirilgach, 14-fevral kunidan ularning ikkilamchi bozordagi savdosi boshlandi.

Moliya vazirligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, o‘tgan ikki oy mobaynida xalqaro obligatsiyalarning ikkilamchi bozordagi narxlari barqaror darajada saqlanib turdi hamda jahon moliyaviy bozorlaridagi umumiy trendlar doirasida o‘zgarib, global iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlar, makroiqtisodiy o‘zgarishlar va kutilmalar ta’siri ostida shakllanib bordi:

Xalqaro obligatsiyalar narxining umumiy bozor trendlari doirasidagi tebranish va o‘zgarishlarini inobatga olmaganda, o‘z nominal qiymatiga nisbatan barqaror darajada turishi xalqaro investorlarda mazkur obligatsiyalar bo‘yicha jiddiy risklar yoki salbiy kutilmalar yo‘qligini anglatadi.

Ma’lumot uchun: xalqaro obligatsiyalarning narxi obligatsiyalar daromadliligiga teskari proporsional bo‘lib, obligatsiyalar narxi ko‘tarilganida daromadlilik foiz stavkasi pasayadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют