» » Farg‘onadagi sayyor qabulda 256 million so‘mga yaqin aliment pullari undirildi

Farg‘onadagi sayyor qabulda 256 million so‘mga yaqin aliment pullari undirildi


Farg‘ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida sayyor ommaviy qabul o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Perzident Xalq qabulxonasi matbuot xizmati ma‘lum qildi.

Ushbu tadbir doirasida mingdan ortiq fuqarolar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatni oshirishga qaratilgan ma’ruzalar qilindi.

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 50 dan ortiq tashkilotlar 560 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi hamda 86 nafarga yaqin qarzdorlar ishga joylashtirilib, aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqiga qaratilishi ta’minlangan.

Shu bilan birga, 164 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 256 million so‘mga yaqin aliment pullari undirilishiga, bu bilan 186 nafar voyaga yetmaganlarning huquqi himoya qilinishiga erishildi va 23 nafar yosh oilalar yarashtirilgan.

Tadbirda 18 ta sayyor sud majlisi tashkil etilib, aliment to‘lovlardan muntazam bo‘yin tovlab kelgan 14 nafar qarzdorga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, tadbir davomida 17 ta ijro hujjatlari yuzasidan 13 nafar tadbirkorlar manfaatiga 383 million so‘mdan ortiq zarar pullari undirilib, tadbirkorlarning kelgusi faoliyatlarini yuritishlarida amaliy yordam ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют