» » Xalq qabulxonasiga murojaatdan so‘ng namanganlik ayolga 12 million so‘m aliment puli undirib berildi

Xalq qabulxonasiga murojaatdan so‘ng namanganlik ayolga 12 million so‘m aliment puli undirib berildi


O‘zbekiston Prezidentining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan ilk sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xalq qabulxonasi o‘z ishini boshlaganidan beri 100 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ular huquq-tartibot idoralari faoliyati, bandlik, yo‘l qurilishi, uy-joy, kommunal xizmat, kredit ajratish, nafaqa olish, aliment undirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ularning har birini sinchiklab o‘rganib, tegishli korxona va tashkilotlar yordamida hal etishga harakat qilyapmiz.

Eldor Parpiyev, O‘zbekiston Prezidentining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri 

Jumladan, Navro‘zobodning Hadikent mahallasida 5,4 kilometrga ichimlik suvi quvuri tortish masalasi o‘z yechimini topish arafasida. Navkentning Rovot mahallasidagi “Qo‘noqvoy” qabristonida inshootlar tomini yopish uchun 100 ta shifer ajratish yuzasidan murojaat tuman obonlashtirish korxonasi ko‘magida hal etildi.

Zarbdor qishlog‘idagi “Tinchlik” mahallasida yashovchi Munojat Mo‘minovaning ikki farzandi uchun aliment pullarini bir necha yildan beri ololmayotgani haqidagi shikoyati o‘rganilib, jami 12 million so‘mdan iborat qarzdorlik undirildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют